Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bunyodkor ko‘chasidan behush holda topilgan shaxs shifoxonaga yotqizildi

Bunyodkor ko‘chasidan behush holda topilgan shaxs shifoxonaga yotqizildi

Foto: «Kun.uz»

Behush holda topilgan shaxs o‘zaro janjal tufayli shu holga tushgani aniqlandi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, 2019-yil 22-yanvar kuni Toshkent shahrining Olmazor dahasida yashovchi Sh.B. Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasidan tan jarohati bilan behush holda topilib, RShTYoIMga yotqizilgan.

Ushbu jinoyatni Yunusobod tumani Xalqobod ko‘chasida yashovchi A.V. o‘zaro janjal tufayli sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring