Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi. Yana biri jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan

Xitoyda o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi. Yana biri jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 23-iyul kuni Nankin pochta va telekommunikatsiya universiteti (Szyansu provinsiyasi) talabalari, O‘zbekiston fuqarolari M.T. va S.Sh. uchinchi shaxslarning ishtirokisiz mototsiklda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida M.T. voqea joyida halok bo‘lgan, S.Sh. jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona xodimlari tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va shu kunning o‘zida ular konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Nankin shahriga jo‘nab ketishgan. Universitet va Nankin shahri huquqni muhofaza qilish organlari rahbariyati hamda shahar kasalxonasining davolovchi shifokorlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etib, Shanxay shahri, Anxoy, Futszyan, Xunan, Szyansi, Szyansu va Chjeszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Shanxay shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +8621-6307-1896.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring