Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat: DSI xodimi o‘limi bilan bog‘liq holat nazoratga olindi

Senat: DSI xodimi o‘limi bilan bog‘liq holat nazoratga olindi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ushlanib, mashinaga majburiy joylangan vaqtda vafot etgani xabari berilgandi.

Joriy yilning 11-iyun kuni «YPX xodimlari DSI boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirib qo‘yishgani aytilmoqda» nomli xabar internet tarmoqlarida keng tarqaldi.

Xabarda shu yilning 10-iyun kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘rovonligi tufayli vafot etgani aytilgan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirib, unda fuqaro Aziz Ahmedov boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi svetaforning qizil chirog‘idan to‘xtamasdan o‘tib, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lganligi, shundan so‘ng yo‘l qatnov qismining o‘rtasida to‘xtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringanligini ma’lum qilgan. Bu borada vazirlik internet tarmoqlarida holat tasvirga tushirilgan videomaterialni havola etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan yakuniy xulosa, tergov jarayonlari o‘z nihoyasiga yetgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni keng ommaga e’lon qiladi. O‘z navbatida, qo‘mita qonun buzilish holatining har qanday ko‘rinishiga murosasiz ekanligini bildiradi, deb yozadi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi K.Burxanov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring