Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvadagi yong‘inda ikki o‘zbek halok bo‘ldi

Moskvadagi yong‘inda ikki o‘zbek halok bo‘ldi

6 avgust kuni Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda O‘zbekistonning 2 fuqarosi vafot etgan. Buni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tasdiqlagan.

Jarohat olgan yana 2 hamyurtimizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, hozirda ular Sergiyevo-Posadskiy tumanidagi qarindoshlarinikida bo‘lib turibdi.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish masalalari hal qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring