Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lasetti»da uyidan chiqib ketgan 22 yashar yigit bedarak yo‘qoldi

«Lasetti»da uyidan chiqib ketgan 22 yashar yigit bedarak yo‘qoldi

Illyustrativ surat. Foto:«Olx.uz»

2019-yil 6-martda Qo‘qon shahrida yashovchi Yorqinjon Omonboyev IIBga murojaat qilib, shu yil 4 mart kuni o‘g‘li, 22 yoshli Jasurbek Daminov «Lasetti» avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, avtomashina Qo‘qon shahar, Charxiy ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasidan texnik soz holda topilgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlari xodimlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishini so‘ragan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring