Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada fuqaro suv ta’minoti xodimiga pichoq bilan hujum qildi

Farg‘onada fuqaro suv ta’minoti xodimiga pichoq bilan hujum qildi

Farg‘onada fuqaro suv ta’minoti xodimiga pichoq bilan hujum qildi. Holat videosi tarmoqda tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, buvaydalik fuqaro tomorqasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan. Natijada suvdan katta qarzdorlik kelib chiqqan. 

Oqibatda g‘azablangan fuqaro ichimlik suvi nazoratchilariga pichoq hujum qilgan. 

«O‘zsuvta’minot» AJ rasmiy xabariga ko‘ra,  holat yuzasidan T.K. va N.K.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183,185 va 187-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holatlar avval ham kuzatilgan. Avvalroq Quvasoyda xodimlarga tahdid qilgan fuqaro 10 sutkaga qamalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring