Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hakam o‘yin paytida futbolchini pichoqlab qo‘ydi

Hakam o‘yin paytida futbolchini pichoqlab qo‘ydi

Futbol hakami Remixio Armoa o‘zi ishlayotgan o‘yinda  futbolchilardan biriga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Argentinaning Misiones provinsiyasida bo‘lib o‘tgan o‘yin vaqtida maydonda o‘zaro tortishuv yuzaga kelib, mushtlashuvga aylangan. Futbolchilar hakamni o‘rab olishdi, Armoa pichoqni chiqarib, o‘yinchilardan biriga pichoq hujum qilgan – nashrning ta’kidlashicha, gap futbolchi Kevin A. haqida ketmoqda.

Manbaning qayd etishicha, jabrlanuvchi «Chacarita Juniors»da o‘ynaydi - bu Argentina chempionatining ikkinchi divizioni klubi, oliy ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan g‘olib jamoadir.

Jarohat tufayli futbolchi hushini yo‘qotgan. Jamoadoshlari uni maydondan olib chiqib, shifokorlarga topshirishdi. Futbolchi kasalxonaga yotqizilgan va u yerda o‘pkasiga jarohat yetgani aniqlangan. Uning hayotiga hozircha hech qanday xavf yo‘q.

Hakam voqeadan keyin qochishga uringan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari futbol hakamini hibsga olgan, qurolni tortib olgan va keyinroq futbolchiga qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring