Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Bobomurod Abdullayev qo‘lga olingani yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura Bobomurod Abdullayev qo‘lga olingani yuzasidan bayonot berdi

Foto:«Facebook»

Qirg‘iziston hududida O‘zbekiston fuqarosi Bobomurod Abdullayev hibsga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasining so‘roviga asosan, 1993-yil 22-yanvardagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, B.Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda uning O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi masalasi hal qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan va ozod etilib, ahloq tuzatish ishlari tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring