Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimi jarima to‘laydigan bo‘ldi

YPX xodimi jarima to‘laydigan bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 28-fevral kuni «You Tube» ijtimoiy tarmog‘ida amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari»ni buzib, 5.16.2 – «Piyodalar o‘tish joyi» yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ushbu piyodalar o‘tish joyida to‘xtab turgan «Lasetti» rusumli, davlat raqam belgisi 01 334 VSG bo‘lgan transport vositasi aks etgan video namoyish etildi.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra piyodalar o‘tish joylarida to‘xtash taqiqlanadi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan xizmat avtomobili biriktirilgan Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX inspektori J.Rahmonovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Xizmat avtomashinalari biriktirilgan barcha haydovchi xodimlardan zarurat bo‘lmaganda, sababsiz «Yo‘l harakati qoidalari»ni chetlab o‘tib, boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasliklari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring