Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi haydovchilik guvohnomasini olish oson bo‘lmaydi

Endi haydovchilik guvohnomasini olish oson bo‘lmaydi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi fuqarolarga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, bundan buyog‘iga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qish vaqtida mashg‘ulotlarga qatnashmaslik, o‘qimaslik qimmatga tushadi. Chunki, endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan nazariy va amaliy imtihonlar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va imtihon olish xonalarida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu tizim inson omili to‘liq cheklangan, avtomatlashtirilgan dastur yordamida haydovchilikka nomzodlarni o‘quv muassasiga kelib ketishlarini, darslarda va mashg‘ulotlarda qatnashishlarini, ichki imtihonlardan o‘tgan yoki o‘tmaganliklarini to‘liq nazoratini amalga oshirib, yakuniy nazariy va amaliy imtihonlarga ruxsat beradi.

«Unutmang, imtihonlardan o‘tish uchun birgina imkoniyatingiz bor — bu ham bo‘lsa yaxshi o‘qish, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish va avtomototransport vositasini boshqarishni mukammal o‘rganishdir.

Kerakli malakaga ega bo‘lmasdan, korrupsion yo‘llar orqali haydovchilik guvohnomasini olish haqida o‘ylash endilikda ilojsiz va noto‘g‘ri qaror ekanligi haqida ogohlantiramiz», deyiladi YHXBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring