Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomasi bilan aviareyslarda uchish mumkin bo‘ladi

Haydovchilik guvohnomasi bilan aviareyslarda uchish mumkin bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

Yangi haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda parvozga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi «Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va tartiblarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 389-son qaroriga asosan yangi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega.

Uzbekistan Airports tasarrufidagi aeroportlarning faoliyati respublika transport sohasiga oid hujjatlar, jumladan, o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tartibga solinadi hamda yuqori vazirlik va idoralar tomonidan ijro uchun yuboriladi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan va yo‘lovchilarga ulardan foydalangan holda ichki yo‘nalishdagi reyslarga ro‘yxatdan o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning (haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma va boshqalar) yakuniy ro‘yxatini idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda, deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring