Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zombi-virus odamlarga yuqqan bo‘lishi mumkin — shifokorlar

Zombi-virus odamlarga yuqqan bo‘lishi mumkin — shifokorlar

Amerikalik shifokorlar birinchi marta surunkali zaiflantiruvchi (CWD) bilan kasallangan deb gumonlanayotgan ikki kishini aniqladilar. Bu kasallik ilgari kiyiklarda uchrayotgandi. Ushbu virus hayvonlarni zombiga aylantiradi. Bu haqda Neurology jurnalida ma’lum qilindi.

Ikkala holat ham 2022 yilda qayd etilgan. Jabrlanganlardan biri, 72 yoshli ovchi kiyik go‘shtini muntazam ravishda iste’mol qilgan. Natijada uning ahvoli yomonlashadi: u tajovuzkor bo‘lib, aqldan ozish belgilari kuzatila boshlanadi. Shifokorlarning muolajalariga qaramay, u bir oydan keyin vafot etadi.

Ushbu bemorning tanishlaridan biri ham shunga o‘xshash kasallik bilan og‘rigan. U ham ovchi bo‘lgan va CWD bilan kasallangan kiyik go‘shtini iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin. Bu ikkala ovchining ham CWD qurboni bo‘lgan degan xulosalar chiqarmoqda.

Maqola mualliflariga ko‘ra, alomatlar ovchilarning zombi-virusi qurboni bo‘lganiga ishora qiladi. Biroq, buni to‘liq ishonch bilan aytish imkonsizligini qayd etishadi.

Kiyiklarda aniqlangan ushbu zombi-virusini davolab bo‘lmasligi va u o‘limga olib kelishi aytiladi. Uning tarqalishini oldini olish ham juda qiyin: patogen tuproq yuzasida uzoq vaqt omon qolishi va yuqori harorat, dezinfeksiyalash vositalariga bardosh berishi mumkin.

Avvalroq olimlar Sibirning abadiy muzligidan yoshi 48 500 yil bo‘lgan zombi-viruslarini topgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring