Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yutuqli chipta uch oydan so‘ng topildi

Yutuqli chipta uch oydan so‘ng topildi

foto: 120.su

Do‘konga kelgan Mark Perdu kutilmagan yangilikdan hayratda qoldi. Unga lotereya sotuvchisi katta miqdorda yutuq chiqqanini aytdi.

Gap shundaki bir muncha vaqt oldin Bouling-Grin (Kentukki, AQSh)da yashovchi Mark rafiqasi bilan do‘konda lotereya chiptasini tanlagandi. O‘sha lotereya 50 000 dollarlik yutuq chiptasi bo‘lib chiqdi. Ammo Mark va uning xotinining quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Ular yutuqli chiptani qayerga qo‘yishganini eslay olishmadi. Er-xotin chiptani hamma joydan izlab topisholmadi va oxir-oqibat keraksiz qog‘ozdek tashlab yuborganmiz, degan umidsiz xulosaga kelishdi.

Faqat uch oy o‘tgach, Mark kamdan-kam haydaydigan xizmat mashinasidan chiptani topdi. Yaxshiyamki, yutuqni olish muddati o‘tib ketmagan ekan. Er-xotin endilikda yangilikni nishonlash uchun sayohatga chiqishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring