Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yo‘qolgan» qush ilk bor yana suratga olindi

«Yo‘qolgan» qush ilk bor yana suratga olindi

Foto: Texas universiteti

Ornitologlar yo‘qolgan deb taxmin qilingan qushning Afrikada ilk fotosuratlarini olishdi. Sariq rangli dubulg‘abosh qush (Prionops albert) taxminan 20 yil davomida yovvoyi tabiatdan izsiz yo‘qolgan.

Texas universiteti olimlari bu noyob qushni Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi ekspeditsiya chog‘ida payqab qolishadi. Dubulg‘abosh tog‘ yonbag‘ridagi bulutli o‘rmonlardan topilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu tur Markaziy Afrikadagi tog‘ tizmalarining g‘arbiy yon bag‘irlarida endemik hisoblanadi. Bu hududga tashrif buyurish xavfli bo‘lgani uchun unchalik o‘rganilmagan, ammo so‘nggi yillarda olimlar uni o‘rganishga kirishishgan.

Uchta joyda jami 18 ta qush topilgan. Bu kashfiyot olimlarda chekka hududlarda yashiringan noyob turning populyasiyasi ko‘p va sog‘lom ekanligiga umid uyg‘otdi. Biroq, ularga yog‘och kesish va konchilik faoliyati tahdid solmoqda. Bu qushlarning tabiiy yashash muhitini buzadi va butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfini yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring