Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik fazogir Oyni zabt etishga tayyorlanmoqda

Yaponiyalik fazogir Oyni zabt etishga tayyorlanmoqda

Fumio Kisida va Jo Baydenning Vashingtondagi uchrashuvi. 2024-yil, 10-aprel.

Foto: Spacepolicyonline.com

Yaponiya o‘z astronavtlaridan birini Oyga amalga oshiriladigan Artemis missiyasiga tayyorlamoqda. Agarda bu yuz bersa, yapon fazogiri Oyga qadam qo‘ygan amerikalik bo‘lmagan ilk fuqaro bo‘ladi.

Ushbu kelishuv Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning AQShga rasmiy tashrifi doirasida Vashingtonda prezident Jo Bayden bilan uchrashuvda e’lon qilindi.

Avvalroq Oq uy ma’muriyati Artemis dasturi doirasida xalqaro fazogirlarlarni Oyga uchirish maqsadlarini e’lon qilgandi. Yaponiyalik fazogir ushbu missiyada nechanchi navbatdaligi hozircha noma’lum.

Artemis II missiyasi 2025-yilning sentyabriga mo‘ljallangan bo‘lib, ekipaj komandiri vazifasi kanadalik astronavt Jeremi Hansenga topshirilgan. U va NASAning uch nafar fazogiri Oyga Orion kemasida boshqariladigan parvozni amalga oshiradilar (ular Oyni aylanib, qo‘nmasdan, yerga qaytadi. Parvoz davomiyligi — 10 kun). «Oyga qaytish» rejasida, shuningdek, Yevropa fazoviy agentligining uch nafar, Kanada fazoviy agentligining bir nafar astronavtini uchirish ko‘zda tutilgan.

Artemis II missiyasi fazogirlari. Foto: NASA

Artemis III missiyasi esa 2026-yilga belgilangan. Missiya Apollo dasturidan beri odamlarni Oyga qaytarish borasidagi ilk qadam bo‘lib, agar muvaffaqiyatli amalga oshsa, ilk ayol kishi va ilk afroamerikalik (ikkisi ham AQSh fuqarosi) Oyga qadam qo‘yadi. Yapon astronavti kelgusi parvozlarda Oyga borib qo‘nishi rejalashtirilgan ilk xalqaro vakil sanaladi.

Artemis III missiyasi doirasida astronavtlarning Oyga qo‘nishi. Illyustratsiya: Space.com
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring