Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xrushchyovning nabirasi Moskvada o‘lik holda topildi

Xrushchyovning nabirasi Moskvada o‘lik holda topildi

Nikita Xrushchyovning nabirasi Aleksey Adjubey 70 yoshida Moskvada vafot etdi.

Aleksey Adjubeyning jasadi Moskvaning Tverskaya ko‘chasidagi kvartirasidan topilgan. Hozircha o‘lim sabablari rasman ma’lum qilinmagan, voqea joyiga tez yordam, politsiya yetib borgan.

70 yoshli Adjubey vafot etgan kuni do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yaxshi his qilmayotganini aytgan. O‘sha paytda u gapirishda qiynalgan va qattiq xirillagan.

Adjubeyning xonadoniga yetib borgan tez yordam xodimlari kvartiraga kira olishmagan. Eshik buzib ochilganda Xrushchyovning nabirasi jonsiz holda bo‘lgan.

«TASS» shifokorlarga tayanib, o‘lim tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Agentlik suhbatdoshlari Aleksey qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ygani, shu bois do‘stlari xavotirlana boshlagani va uning oldiga kelgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlashgan. O‘limning aniq sababini ekspertiza aniqlaydi.

REN TV nashri Adjubey oilasining do‘stlariga tayanib, Xrushchyovning nabirasi uzoq vaqt xasta bo‘lganini xabar qilmoqda. «Aleksey Adjubey surunkali kasallikdan aziyat chekardi», dedi kanal suhbatdoshi.

Aleksey Adjubey 1954 yilda tug‘ilgan. U Xrushchyovning qizi Rada va jurnalist A. Adjubeyning o‘g‘li bo‘lib, otasi turli vaqtlarda «Komsomolskaya pravda» va «Izvestiya» gazetalarining bosh muharriri bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring