Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda qorovul pichoq bilan o‘quvchilarga tashlandi

Xitoyda qorovul pichoq bilan o‘quvchilarga tashlandi

Foto: «Reuters»

Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom hududida bir odam o‘quv muassasasining xodimlari va o‘quvchilariga pichoq bilan tashlangan. Bu haqda Uchjou shahar okrugi San’u uyezdi ma’muriyati ma’lum qilgan.

Hodisa ertalab soat 8:30 larda shaharning boshlang‘ich maktablaridan biri sodir bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs Li familiyali 50 yoshli qorovul bo‘lib chiqdi. Xatti-harakatining sabablari noma’lum.

Uning harakatlari natijasida kamida 40 kishi jarohatlangan. Ulardan uch nafari og‘ir ahvolda: maktab direktori, qo‘riqchi va o‘quvchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring