Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy rahbari xotinchalish erkaklarga qarshi qat’iy talab bilan chiqdi

Xitoy rahbari xotinchalish erkaklarga qarshi qat’iy talab bilan chiqdi

Foto: «Associated Press»

Xitoy Kommunistik partiyasi rahbari Si Szinpin barcha teleradio kompaniyalarga xotinchalish erkaklarni efirga chiqarishni taqiqladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Yoshlar orasida ommalashgan shoular o‘rniga Xitoy hukumati dasturlarni «Xitoy an’anaviy madaniyati, inqilobiy madaniyati va ilg‘or sotsialistik madaniyatini targ‘ib qilishga» undamoqda.

Milliy televideniya va radio ma’muriyati Xitoy kompaniyalari «xotinchalish erkaklar va boshqa g‘ayritabiiy estetikani uzil-kesil yo‘qotishi» zarurligini ma’lum qildi. Rasmiylar xitoylik estrada yulduzlari Janubiy Koreya va Yaponiya mashhurlaridan andaza olib, yoshlarga yomon o‘rnak ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring