Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy chiqindilar importini teng yarmiga qisqartirdi

Xitoy chiqindilar importini teng yarmiga qisqartirdi

Foto: «Globallookpress.com»

Xitoy 2018-yilning yanvar—oktyabr oylari davomida qattiq chiqindilar importini yillik kesimda 51,5 foizga (17,27 mln. tonnagacha) kamaytirdi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi XXR Bojxona bosh boshqarmasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Chiqindilar importi keskin kamayishiga mamlakat hukumatining cheklovlari sabab bo‘ldi.

Xitoyga ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalanish uchun chetdan chiqindi olib kirish 1980-yillardan boshlangan. Garchi utilizatsiya uchun yetarlicha sharoitga ega bo‘lmasa-da, mamlakat uzoq yillar eng yirik chiqindilar importyori bo‘lib qoldi. «Chiqindi biznesi» bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab kompaniyalarning noqonuniy faoliyati oqibatida atrof-muhit hamda aholi salomatligi uchun katta xavf tug‘ildi.

Xitoy hukumati chiqindilarni import qilishni 2019-yilda butunlay to‘xtatmoqchi (misol uchun, plastik va makulatura taqiqlanadi), faqat tarkibida mamlakatda yetishmaydigan resurs mavjud chiqindilarga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring