Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli virusga qarshi birinchi vaksina ma’qullandi

Xavfli virusga qarshi birinchi vaksina ma’qullandi

Foto: «RIA Novosti»

AQSh dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) nihoyatda xavfli Ebola bezgagi virusiga qarshi mamlakatda birinchi vaksinani qo‘llashni ma’qulladi.

FDA «Ervebo»dan foydalanishga ruxsat berdi: u 18 yosh va kattalarda Ebola virusi chaqirgan kasallikni bartaraf etishda muassasa ma’qullagan birinchi vaksinadir, deyiladi tashkilotning rasmiy saytiga joylangan xabarda.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, Ebola virusi chaqirgan kasallik holatlari AQShda «juda noyob». Qayd etilgan holatlar ham «boshqa mamlakat fuqarolarining kasallikni yuqtirib, AQShga kelishi yoki undan qiynalayotgan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarining xastalikni yuqtirib olishi bilan bog‘liq», deyiladi xabarda.

Ebola virusi chaqirgan kasallik — o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, odamlar va hayvonlarning ayrim turlariga yuqadi. Mazkur epidemiya taxminan besh yil avval G‘arbiy Afrikada paydo bo‘ldi va asosan uchta mamlakatga tarqaldi: Gvineya, Serra-Leone va Liberiya. KDRda Ebola 2018-yil iyul oxirida tarqala boshladi. 2019-yil iyulda JSST Kongoda Ebola virusining tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb baholadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring