Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«WikiLeaks» asoschisi Julian Assanj Londonda qo‘lga olindi

«WikiLeaks» asoschisi Julian Assanj Londonda qo‘lga olindi

Foto:«AP»

«WikiLeaks» asoschisi, asli avstraliyalik bo‘lgan Julian Assanj Londonda qo‘lga olindi. Bu haqda Britaniya politsiyasi rasmiy saytida xabar qilingan.

Shu vaqtga qadar Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashab kelayotgan edi. Ekvador huqumati uning siyosiy qochoqlik mavqeini bekor qilgan.

Assanj elchixonada 2012-yildan beri qariyb 7 yil istiqomat qilgan. Ungacha Shvetsiyada zo‘ravonlikda ham ayblangan, 2017-yil mamlakat prokuraturasi Assanjga nisbatan ishni to‘xtatgan edi.

Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasi balkonidan turib nutq so‘zlamoqda.2012-yil.

Julian Assanj «WikiLeaks» ga 2006-yil asos solgan. U OAVlarga AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi urushlari bo‘yicha minglab hujjatlarni jo‘natgan. Assanj shuningdek, qo‘lida Pentagonning 15 mingta hujjati borligini ma’lum qilgandi. 2012 yilda Suriya bilan bog‘liq 2,4 million hujjatni chop etishini bildirgan edi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring