Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Volidasi bilan vidolashish uchun kelgan opa-singillar tobutda onasining kiyimida noma’lum ayol murdasiga duch kelishdi

Volidasi bilan vidolashish uchun kelgan opa-singillar tobutda onasining kiyimida noma’lum ayol murdasiga duch kelishdi

Foto: «New York Post»

Amerikaning Shimoliy Karolina shtati Axoski shahrida marhum onasi bilan vidolashish uchun kelgan opa-singillar tobutda onasining kiyimi kiygizib qo‘yilgan noma’lum ayol murdasiga duch kelishdi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.

Jennett Archer va uning singlisi Jennifer Teylor vafot etgan onasi Meri Archer bilan vidolashgani morgga borishgan. Qizlar tobutga qarashgan va ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, marhum onasining kiyimida begona ayol yotibdi.

«Bu ayol onamizga umuman o‘xshamasdi», — dedi Jennett Archer. U marhum onasining kiyimlari notanish ayol uchun juda katta ekanligini ta’kidladi.

Opa-singil morg xodimlariga xatoga yo‘l qo‘yganlarini aytishganida, ularni avvaliga oldilarida onalari yotganiga ishontirishga urinishgan. Meri Archerning murdasi balzamlash xonasidan topilganidan keyingina, muassasa vakillari aybiga iqror bo‘lishdi. Jasadlar almashtirilgach, vidolashish marosimi davom etdi.

Morg bosh balzamchisi jurnalistlarga xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi, lekin intervyu berishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, morg rasmiylari muammoni muhokama qilish uchun oila bilan bog‘lanishga harakat qilgan. Ammo opa-singillar ularga hech kim qo‘ng‘iroq qilmaganini aytishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring