Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada saylov yakunlandi. Ekzitpol ma’lumotiga ko‘ra Vladimir Zelenskiy — prezident

Ukrainada saylov yakunlandi. Ekzitpol ma’lumotiga ko‘ra Vladimir Zelenskiy — prezident

Ukrainada prezidentlik saylovining ikkinchi turi yakuniga yetdi. Milliy ekzitpol ma’lumotiga qaraganda Vladimir Zelenskiy 73,2 foiz ovoz bilan saylovda g‘olib chiqadi. Uning raqibi Petr Poroshenko uchun esa 25,3 foiz saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

112 Ukraina telekanali va NewsOne tomonidan o‘tkazilgan ekzitpolga ko‘ra Zelenskiy 72,5 foiz ovoz to‘playdi, Poroshenko esa — 27,5 foiz. Xuddi shunga o‘xshash natija «1+1» telekanali o‘tkazgan so‘rovnomada ham qayd etilgan.

Vladimir Zelenskiy saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi va ularga hech qachon pand bermaslikka va’da berdi. U shu bilan birga o‘z tarafdorlariga ham rahmat aytgan.

Ukrainada mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi. Ekzitpol natijalarini shundan so‘ng hisoblab chiqish imkoni paydo bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring