Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainada chaqaloqqa Zelenskiy deb ism qo‘yishdi

Ukrainada chaqaloqqa Zelenskiy deb ism qo‘yishdi

Foto: «LIGA.net»

Ukrainaning Zakarpate viloyatida ota-ona o‘z chaqalog‘iga Zelenskiy deb ism qo‘yishdi. Bu haqda Ukraina Adliya vazirligi xabar bergan.

Ukrainada oxirgi paytlarda kamyob ismlar qo‘yish urfga aylanyapti. Leonard, Sameul, Sebastian, Jan, Vognedar ismli o‘g‘il bolalar, Oliviya, Elif, Vanessa, Gloriya ismli qiz bolalar ko‘payib qolgan.

Zakarpate «prezidentlar yurti»ga aylanyapti: mamlakat ommaviy axborot vositalari 2013-yilda viloyatda Yanukovich ismli uch yoshli bola borligini yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring