Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina samolyoti 180 yo‘lovchi bilan Eronda halokatga uchradi (video)

Ukraina samolyoti 180 yo‘lovchi bilan Eronda halokatga uchradi (video)

Tehron - Kiyev yo‘nalishida parvoz qilgan Ukraina samolyoti Eronda halokatga uchradi. Xabar qilinishicha, uning bortida 180 yo‘lovchi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot halokati Imom Homayniy nomidagi Tehron aeroportidan uzoq bo‘lmagan joyda ro‘y bergan. Halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ukraina samolyoti aeroportdan havoga ko‘tarilgani hamono texnik muammolar boshlangan va oqibatda samolyot yerga qulagan. Hozircha ekipaj va yo‘lovchilar taqdiri haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Samolyot yerga qulagandan so‘ng yong‘in kelib chiqqan, qutqaruvchilarda esa ba’zi yo‘lovchilarni qutqarish imkoni bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, halokat ro‘y bergan tunda Eron tomonidan Iroqdagi AQSh bazalariga 10 dan ortiq raketalar bilan hujum qilingani xabar qilingan edi. Hozircha bu ikki xabar o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring