Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina chegara xizmati: rossiyalik ayollar alohida nazoratda!

Ukraina chegara xizmati: rossiyalik ayollar alohida nazoratda!

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina davlat chegara xizmati mamlakatga kirayotgan rossiyalik ayollarni alohida tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu haqda davlat chegara xizmati matbuot kotibi Oleg Slobodyan o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.

«Bizning diqqat markazimizda Rossiya fuqarolari turishi tabiiy. Chunki ikki mamlakat o‘rtasidagi ahvolni ko‘rib turibsiz. Endi mamlakatimizga kirib kelayotgan rossiyalik ayollarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Nega desangiz, rus ayollarining ham o‘z mamlakati maxsus xizmatlariga xizmat qilishi ehtimoli juda katta», — deb yozdi O.Slobodyan.

Avvalroq O.Slobodyan Ukrainaning rossiyalik erkaklarga nisbatan mamlakatga kirish cheklovi bekor qilinganini ham bildirgan edi. Biroq davlat chegara xizmati bu xabarni rad etgach, uni sahifasidan o‘chirib tashladi.

Ma’lumki, mamlakatda harbiy holat joriy etilishi ortidan Ukraina rossiyalik erkak fuqarolarning o‘z hududiga kirishini jiddiy cheklagan edi. Bundan anglashiladiki, ayni paytda harbiy holat bekor qilingan bo‘lsa-da, cheklov o‘z kuchida turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring