Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«U AQShning eng yomon prezidenti bo‘lib qoladi» — Shvarsnegger Trampni Gitlerga o‘xshatdi

«U AQShning eng yomon prezidenti bo‘lib qoladi» — Shvarsnegger Trampni Gitlerga o‘xshatdi

Amerikalik mashhur aktyor Arnold Shvarsnegger AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga hujumni 1938-yilda Adolf Gitlerning yahudiylarni yo‘q qilishga qaratilgan tajovuziga qiyosladi. Aktyor bu haqda o‘zining Tvitterida joylashtirilgan videomurojaatida aytib o‘tgan.

Kino yulduzining so‘zlariga ko‘ra, Tramp AQSh tarixidagi eng yomon prezidentga aylanadi. «Prezident Tramp adolatli saylov natijalarini o‘zgartirishga harakat qildi. U odamlarni yolg‘onga ishontirish orqali davlat to‘ntarishini uyushtirishga urindi», — dedi Shvarsenegger 20-yanvar kuni lavozimiga kirishadigan  Jozef Baydenni qo‘llab-quvvatlab.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 3-noyabr kuni o‘tgan saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozondi. Ammo uning raqibi Donald Tramp saylovlar soxtalashtirilganini ta’kidlab keladi. 

6 yanvar kuni Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga hujum qilib, tartibsizliklar keltirib chiqardi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring