Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyadagi saylovda kim g‘alaba qozonadi? So‘rovnoma natijalari

Turkiyadagi saylovda kim g‘alaba qozonadi? So‘rovnoma natijalari

Turkiya fuqarolarining aksariyati uch kundan keyin – 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Bu haqda Bianet so‘rovnomalarga asoslanib xabar bermoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 52,7 foizi Turkiya rahbarini yoqlagan.

Qayd etilganidek, davlat rahbarining raqibi, muxolifatchi Kemal Qilichdoro‘g‘li respondentlarning 47,3 foizini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shu bilan birga, ba’zi saylovchilarning fikri o‘zgarishi istisno etilmaydi, chunki Turkiya prezidentlik tizimi joriy qilinganidan beri birinchi marta ovoz berishning ikkinchi bosqichiga ehtiyoj sezmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring