Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampga shubhali konvert yuborildi

Trampga shubhali konvert yuborildi

Foto: «Getty images»

AQSh maxfiy xizmati Trampga yuborilgan shubhali konvertni qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Bu konvert shu yil 1 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampga jo‘natilgan. 

«Maxfiy xizmat 2018 yil 1 oktyabr kuni prezidentga jo‘natilgan shubhali konvertni qo‘lga kiritganini tasdiqlashi mumkin. Konvert Oq uyda qabul qilib olinmagan va hech qachon Oq uyga yetib kelmagan ham», – deyiladi xabarda.

Maxfiy xizmat huquq-tartibot idoralari bilan ushbu voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Avvalroq ritsin zaharli moddasi izlari aniqlangan ikkita konvert Pentagonga ham jo‘natilgan edi. Bu maktublar AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis va harbiy dengiz operatsiyalari admirali Jon Richardsonga yuborilgan. Ushbu ikki maktub ham egalariga yetib ulgurmay ushlab qolingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring