Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi rolini sharaf deb biladi

Tramp «Uyda yolg‘iz-2» filmidagi rolini sharaf deb biladi

Foto: «Youtube.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoga mashhur «Uyda yolg‘iz-2» filmida o‘zi ijro etgan omadli milliarder rolini sharaf deb biladi.

Trampning ta’kidlashicha, hatto oradan shuncha yillar o‘tishiga qaramay, odamlar uni filmda ko‘rganini aytishadi. Garchi ular siyosatchini har kuni televizorda ko‘rishlariga qaramay.

Ko‘pchilik har yili, ayniqsa, Yangi yil arafasida bu haqda eslatishadi. Asosan kichik yoshdagi bolalar: «Men sizni hozirgina kinoda ko‘rdim», deyishadi. Ular televizorda menga ahamiyat berishmaydi. Lekin kinoda meni payqashadi, — deydi Tramp.

Prezident «Uyda yolg‘iz-2»ni yaxshi film deb hisoblaydi.

Men o‘shanda yoshroq bo‘lganman. Buni bajarish men uchun sharaf edi, — deydi u.

Ta’kidlash joizki, film 1992-yilda suratga olingan. Tramp mehmonxonada olingan qisqa epizodlardan birida paydo bo‘ladi. U bosh qahramon Kevinga kerakli xonani topishga ko‘maklashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring