Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp jurnalist bilan urishib ketdi va matbuot anjumanini to‘xtatib qo‘ydi

Tramp jurnalist bilan urishib ketdi va matbuot anjumanini to‘xtatib qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp va jurnalistlar o‘rtasida matbuot anjumani vaqtida kelishmovchilik kelib chiqdi.

Prezident OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida AQShda koronavirusga qarshi eng ko‘p test ishlab chiqarilayotgani haqida gapirgan. Jurnalistlardan biri mamlakatda odamlar o‘layotgan vaqtda nima uchun Tramp testlar soni haqida gapirayotgani haqida savol bergan.

Prezident bu savolni unga emas, Xitoyga berish kerakligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng u savolni «jirkanch» deb atadi va bu bilan jurnalistning noroziligiga sababchi bo‘ldi.

Shundan so‘ng Donald Tramp navbatdagi savolga javob berishdan bosh tortdi va matbuot anjumani yakunlangani haqida e’lon qilindi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda AQShda 1 344 512 kishi koronavirusga chalingan. Bu borada mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Amerikada koronavirusdan 216 169 kishi tuzalib ketgan va 80 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring