Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs tergovchisiga granata sovg‘a qildi

Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs tergovchisiga granata sovg‘a qildi

Hodisa Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. Politsiya tergovchisi o‘zi yuritayotgan jinoyat ishida gumonlanuvchidan sovg‘a sifatida granata qabul qilib olgan, deb xabar bermoqda «Fontanka».

Nashrning qayd etishicha, tergovchi ayol sovg‘a haqida 22-noyabr kuni xabar topgan. Jo‘natma haqida xabar olgan ayol bu haqda hamkasblarini ogohlantirgan.

Sovg‘ani yuborgan shaxsning ismi Nurlan ekani aytilmoqda. U tergovchiga ovozli xabar bilan birga sovg‘aning suratini ham jo‘natgan. Politsiya bo‘limining orqa devori yonida bayramona o‘ralgan paket topilgan. Uning ichidan esa granata chiqqan.

Jo‘natmani zararsizlantirish uchun sapyorlarni chaqirishga to‘g‘ri kelgan. Biroq granata xavfsiz bo‘lib chiqqani aytilmoqda. Sovg‘ani jo‘natgan shaxs qidiruvga berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring