Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talaba Putin qo‘li tekkan ruchkani bir millionga sotishga qaror qildi

Talaba Putin qo‘li tekkan ruchkani bir millionga sotishga qaror qildi

Foto: «Avito»

Nomi sir saqlanayotgan sochilik talaba Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dastxati hamda davlat rahbari bir marta qo‘lini tegizgan ruchkani internetda sotishga qaror qildi. Bu haqda «Sochi24» telekanali Telegram-kanalda xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, Rossiya yetakchisi 2014-yil 7-mart kuni Sochida Xalqaro Paralimpiya o‘yinlari ochilishi kuni o‘z imzosini qo‘ygan. «Shuningdek, Vladimir Vladimirovich Putin yozgan sharikli ruchka qo‘shib beriladi. Shundan so‘ng uni hech kim ushlamagan. U dastxat bilan birga seyfda saqlangan», — deydi muallif.

Putinning dastxati bilan qo‘li tekkan ruchka 1 million rublga baholangan. Talabaning aytishicha, bir yil oldin yaponiyalik tadbirkor eksponatni 450 ming rublga sotib olishga urinib ko‘rgan.

Rossiyalik talaba 14 yoshida Sochi san’at muzeyida ko‘ngilli bo‘lib ishlayotganida prezidentdan dastxat olganini, lekin hozir pulga ehtiyoji borligi tufayli uni sotishga qaror qilganini tushuntirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring