Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriyaning eng dahshatli kallakesari qo‘lga tushdi

Suriyaning eng dahshatli kallakesari qo‘lga tushdi

Foto: «ZumaPress/Globallookpress»

Suriyada «IShID» terrorchilik guruhi jangarisi, «Rakkalik jallod» laqabi bilan tanilgan belgiyalik hibsga olindi. Bu haqda «Het Laatste Nieuws» nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 35 yoshli Anuar Xadduchi amerikaliklar qo‘llab-quvvatlayotgan kurd-arab guruhlari ittifoqi — Suriya Demokratik kuchlari turmasida saqlanmoqda. Uni Suriyaning Deyr az-Zor viloyatidagi «IShID»ning so‘nggi tayanchi — Baguz uchun bo‘lgan jangdan so‘ng, 32 yoshli ayoli Jyuli Mayes bilan birga hibsga olishgan.

Jangari, shuningdek, Abu Sulaymon al-Belgiki nomi bilan tanilgan. Ma’lum qilinishicha, u Rakka markaziy bozor maydonida qariyb 100 kishining qatlini shaxsan o‘zi o‘tkazgan.

Jallodni, bundan tashqari, Belgiya hukumati Bryussel va Parijdagi teraktlarni moliyalashtirishda gumon qilmoqda. Jumladan, Xadduchi hisobidan 3,5 ming yevro Muhammad Abrin — 2016-yil Bryusselning Zaventem aeroportida terakt tashkilotchilaridan biri hisobiga o‘tkazilgan. Kallakesar hozircha qaysi mamlakatda — Suriya, Belgiya yoki Fransiyada — sud qilinishi noma’lum. «Het Laatste Nieuws»ning keltirishicha, Iroqda jangarini o‘limga hukm qilishgan bo‘lardi.

Terrorchilar Rakkani 2013-yili egallashgan, shahar «IShID»ning norasmiy poyxati hisoblangan. Shaharni jangarilardan Suriya demokratik kuchlari 2017 yilning kuzida to‘liq tozalab tashlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring