Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SpaceX dunyodagi eng kuchli Falcon Heavy raketasini uchirdi

SpaceX dunyodagi eng kuchli Falcon Heavy raketasini uchirdi

SpaceX 40 oylik tanaffusdan so‘ng eng kuchli raketasi – Falcon Heavy’ni uchirdi.

«TASS»ning ma’lumotiga ko‘ra, yangi missiya USSF-44 kod nomini olgan va raketa koinotga AQSh harbiylarining ehtiyojlari uchun maxfiy apparat va TETRA-1 tadqiqot kichik sun’iy yo‘ldoshini olib chiqqan.

Raketa tashuvchisi Kanaveral burnidagi (Florida shtati) kosmodromdan Sharqiy sohil vaqti bilan 09:41 (Toshkent vaqti bilan soat 18:41)da uchirilgan.

Mazkur «sayohat» Falcon Heavy tashuvchi raketasi uchun to‘rtinchisi bo‘lib, oxirgi marta 2019 yil iyun oyida uchirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Falcon Heavy ikki bosqichli o‘ta og‘ir raketadir. U Saturn-5, N-1, Space Shuttle tizimi va Energia bilan birgalikda jahon kosmik raketasi tarixidagi eng yirik raketalardan biri deb ataladi. U 25 dan ortiq dvigatelga ega bo‘lib, ular kosmosga 64 tonnagacha yukni chiqarish imkonini beradi. Falcon Heavy’ning ilk uchirilishi 2018 yil 6 fevralda bo‘lib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring