Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sohilda o‘ynayotgan qizaloq qumga «cho‘kib» ketdi

Sohilda o‘ynayotgan qizaloq qumga «cho‘kib» ketdi

foto: 120.su

Odatda plyajlarda odamlar mazza qilib dam olishadi, ammo bu safar yuz bergan fojea ko‘pchilikni sarosimaga soldi. Florida (AQSh) plyajlaridan birida qutqaruvchilar qizaloqni qum ostidan chiqarish uchun juda ko‘p harakat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Gap shundaki, 7 yoshlardagi qizaloq o‘zi tengi bolakay bilan plyajda qum o‘ynayotgan va katta chuqur qazishga ham muvaffaq bo‘lishgan edi. Ammo bir yarim metr kovlangan  «devor qum» quladi va pastdagi bolalarni ko‘mib qo‘ydi.

Bolakay ko‘kragigacha ko‘milib qolgani uchun tirik qoldi, ammo qizaloqni qum ostidan topishganida u nafas olmayotgan edi. Afsuski, qizaloq ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan tergov boshlangan. Bolalar bu katta tuynukni faqat o‘zlari emas, kattalar ko‘magida qazigan bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring