Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soch uzunligi ikki metrdan ziyod bo‘lgan ayol jahon rekordini o‘rnatdi

Soch uzunligi ikki metrdan ziyod bo‘lgan ayol jahon rekordini o‘rnatdi

foto: 120.su

Hindistonlik 46 yoshli Smita Srivastavaning soch uzunligi ikki metrdan oshadi. Shu bois ko‘chaga chiqqanida juda ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortadi. 14 yoshidan beri sochlarini o‘stirayotgan bu ayol uzun sochli onasi va 1980-yillardagi hind aktrisalarining uslubidan ilhomlangani aytilmoqda.

Smitaning soch uzunligi 236,22 santimetrga teng va bu Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan rasmiy ravishda qayd etilgan jahon rekordidir.

Albatta, bunday sochlarga g‘amxo‘rlik qilish oson emas. Smita haftasiga ikki marta boshini yuvadi va iplarni yechish, tarash va quritishni o‘z ichiga olgan bu jarayon har safar taxminan 3 soat davom etadi. Ammo xonim sochni har qanday ayolning asosiy bezagi deb hisoblab, sarflagan vaqtidan afsuslanmaydi.

Aytgancha, Smita nafaqat eng uzun sochlar bilan, balki tushgan sochlarning katta to‘plami bilan ham maqtana oladi. Chunki u sochlarini tashlab yuborishga juda achinadi va yig‘ilgan sochlarini ehtiyotkorlik bilan saqlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring