Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokor soch sog‘lom bo‘lishi uchun nimalar iste’mol qilish kerakligini aytdi

Shifokor soch sog‘lom bo‘lishi uchun nimalar iste’mol qilish kerakligini aytdi

Sog‘lom va chiroyli sochni ega bo‘lish uchun kundalik ratsioningizga vitaminlar va minerallarga boy oziq-ovqatlarni kiritishingiz kerak.

Bu haqda diyetolog Marina Shaxova gapirdi.

Soch mustahkamligida B vitaminlari, E vitamini, yog‘ kislotalari, omega-3, ruh va temir muhim o‘rin tutadi. Ratsioningizga sabzavot, meva, sut mahsulotlari, tuxum, baliq, dukkaklilar, yong‘oqlar, urug‘lar va yashil sabzavotlarni kiritish tavsiya etiladi.

Soch salomatligi uchun ayniqsa B , E va C vitaminlari foydali bo‘lib, ular soch o‘sishini rag‘batlantiradi va sochlarning mo‘rtlashishini oldini oladi. A vitamini ham muhimdir; u bosh terisida namlikni saqlab turishga yordam beradi, quruqlik va kepak paydo bo‘lishining oldini oladi.

Bu vitamin qovoq, sabzi, shirin kartoshka, ismaloq va mangoda mavjud.

Agar soch to‘kilishini boshdan kechirsangiz, bunda protein, rux, temir va omega-3 ni o‘z ichiga olgan mahsulotlar yordam beradi. Shakarga boy, yog‘li va qayta ishlangan ovqatlardan voz kechish tavsiya etiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring