Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida ayollar harbiy sohada ishlash huquqiga ega bo‘ldi

Saudiya Arabistonida ayollar harbiy sohada ishlash huquqiga ega bo‘ldi

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligining e’lon qilishicha, endilikda Qirollikdagi erkaklar va ayollar yagona qabul portal orqali harbiy xizmatga hujjat topshirishlari mumkin.

Ayollar Saudiya Arabistoni armiyasi, havo mudofaasi, floti, strategik raketa kuchlari va Qurolli Kuchlarning tibbiy xizmatlarida xizmat qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu yangiliklar valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning «Vision 2030» tashabbusi asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tashabbus Saudiya Arabistoni ayollarini turli sohalarda faol bo‘lishlarini ta’minlovchi islohotlarni o‘z ichiga oladi.

Saudiyada Qurolli kuchlari safiga xizmat qilmoqchi bo‘lgan ayol 21 yoshdan 40 yoshgacha, bo‘yi 155 santimetr va undan yuqori, davlat xizmatchisi bo‘lamasligi talablariga to‘la mos kelishi shart. Shuningdek, xizmat qilish istagidagi ayol qabul tartibini o‘tashi, sudlanmagan bo‘lishi va tibbiy jihatdan xizmatga yaroqli bo‘lishi lozim. O‘rta maktabni tugatganligi haqida ma’lumoti va eng asosiysi Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lmagan kishiga turmushga chiqmasligi kerak bo‘ladi.

Shu jumladan Saudiya Arabistonida erkaklar uchun xizmat yoshi 17 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lib, bo‘yi 160 sm dan past bo‘lmasligi kerak

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring