Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy kishisi ikki kunda 19,2 mlrd yo‘qotdi

Dunyoning eng boy kishisi ikki kunda 19,2 mlrd yo‘qotdi

Foto: «Global Look Press»

Dunyoning eng boy kishisi, «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos kompaniya aksiyalarining narxi tushib ketishi sabab ikki kun ichida 19,2 mlrd dollar mablag‘ini yo‘qotdi.

«Bloomberg»ning yozishicha, Bezos multimilliarderlar orasida qisqa vaqt ichida bunday katta pul yo‘qotgan yangi rekordchiga aylandi. Bungacha rekord 27 iyul kuni 16,5 mlrd yo‘qotgan Mark Sukerbergga tegishli edi.

Ma’lum qilinishicha, narxlarning bunday tushib ketishi «Amazon»ning III kvartal uchun e’lon qilingan hisoboti bilan bog‘liq. 26 oktyabr kuni «Amazon»ning qimmatli qog‘ozlari 7,8 foizga, 29 oktyabr kuni yana 6,3 foizga arzonlashgan.

Ayni damda Bezosning moddiy holati 128,1 mlrd dollar deb baholanmoqda. Sentyabrning boshida esa uning mablag‘i 167,7 mlrd dollarga teng edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring