Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ko‘pbolali xonadonda 5 yoshli bola bo‘ynidan bog‘langan holda topildi

Rossiyada ko‘pbolali xonadonda 5 yoshli bola bo‘ynidan bog‘langan holda topildi

Foto: «Ria.ru»

Rossiyaning Yaroslav oblasti Yurevskoye qishlog‘ida yashovchi ko‘pbolali xonadonda 5 yoshli bola bo‘ynidan simyog‘ochga bog‘langan holatda topildi.

Bolakay 5 iyul kuni Mishkin shahridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan topilgan. Ular Svetlana va Andrey Shaveleviylar xonadoniga rejadan tashqari tekshirish bilan kelgan edi. Xabar qilinishicha, ushbu uyda 8 nafar bola tarbiya qilinadi. Ulardan faqat bir nafari Shaveleviylarning o‘z farzandi bo‘lib, yana biri boqib olingan, qolganlari esa vasiylik asosida ushbu uyda yashab kelishayotgan edi.

Besh yoshli bola bo‘ynidan bog‘langan holatda topilgandan so‘ng voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi bolalarning barchasini oiladan olib qo‘ygan. Ayni vaqtda ular reabilitatsiya markazida bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring