Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya —  «yovvoyi» hududlar maydoni eng katta mamlakat

Rossiya —  «yovvoyi» hududlar maydoni eng katta mamlakat

Foto: «YouTube»

«REGNUM» axborot agentligi xabar berishicha, avstraliyalik olimlar Rossiyani inson daxl qilmagan hududlar va akvatoriyalar maydoni bo‘yicha yetakchi deyishdi. Bu haqda «Nature» jurnalida maqola chiqarilgan.

Demak, avstraliyalik olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyadagi «yovvoyi» yerlar maydoni 15 mln. kvadrat kilometrga teng. Agar Rossiyaning umumiy yer maydoni (17,125 mln. kv. km.) dan bu ayirib tashlansa, foydalanishdagi yer maydoni Saudiya Arabistoni jami hududi (2,149 mln. kv. km.) dan ham kichik.

«Yovvoyi» yerlari ko‘pligi bo‘yicha ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Kanada, Avstraliya, AQSh va Braziliya band etgan.

Ta’kidlanishicha, Antarktika va xalqaro suvlarni istisno qilganda, sayyoramizdagi «yovvoyi» ekotizimlarning 70 foizi mana shu beshovlon izmida.

Olimlarning aytishlaricha, «yovvoyi» ekotizimlar iqlim o‘zgarishlariga bardoshliroq va tezroq tiklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring