Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rekord: noma’lum shaxs Osiyodagi eng qimmat kvartirani sotib oldi

Rekord: noma’lum shaxs Osiyodagi eng qimmat kvartirani sotib oldi

Foto: «Bloomberg»

Xitoyning CK Asset Holdings kompaniyasi Gonkongda joylashgan Osiyodagi eng qimmat kvartirani sotdi. Bitim 2017-yilgi rekordni yangiladi. Ob’yektning yangi egasi kimligi oshkor qilinmayapti. Bu haqda «Bloomberg» xabar bermoqda.

Xaridor 314 kvadrat metr maydonga ega uy-joy uchun 59 million dollar to‘lagan. Besh xonali hashamatli kvartira 21 Borrett Road ko‘chasidagi obro‘li Mid-levels tumanida joylashgan. Bu narx mashinalar uchun uchta to‘xtash joyini ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, uy egalari tom va basseyndan ham foydalanishlari mumkin.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday faoliyat elita ko‘chmas mulk bozorining tiklanishidan dalolat beradi. To‘rt yil oldin sotilgan Mount Nicholson majmuasidagi kvartira shu paytgacha Osiyodagi eng qimmat kvartira hisoblanardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring