Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonlik kaskadyorlar «Napoleon» filmida suratga tushdi

Qozog‘istonlik kaskadyorlar «Napoleon» filmida suratga tushdi

Yakunlanayotgan haftada kinoteatrlarda afsonaviy rejissyor Ridli Skottning «Napoleon» filmi namoyishi boshlandi. Kinokartinani tasvirga olishda Qozog‘istonning «Nomad Stunts» kaskadyorlari ham ishtirok etgan.

Qozog‘istonlik kaskadyorlar
Foto: Nomad Stunts/Facebook

«Nomad Stunts» rahbari Jandarbek Kung‘ojinovning aytishicha, ularni ushbu loyihaga kaskadyor Nik Pauel tavsiya qilgan.

Qozog‘istonlik kaskadyorlar
Foto: Nomad Stunts/Facebook

Pauel qozog‘istonlik yigitlar bilan Hindistonda tasvirga olingan filmda birga ishlagan.

Qozog‘istonlik kaskadyorlar
Foto: Nomad Stunts/Facebook

«Nomad Stunts» kaskadyorlaridan biri Murat Yelkenov «Napoleon» filmida aktyor sifatida ham qatnashgan bo‘lib, uni rolga Ridli Skottning o‘zi tanlab olgan. Qozog‘istonliklar filmda askarlar rolini ijro etgan.

Foto: France24

Filmda bosh rollarni Hoakin Feniks hamda Vanessa Kirbi ijro etgan. Kinokartina budjeti: 130–200 mln dollarni tashkil etadi. Buyurtmachilar: «Columbia Pictures», «Apple Studios» va «Scott Free Productions».

«Napoleon» — epik tarixiy film, rejissyor va prodyuser: Ridli Skott. Ssenariy muallifi: Devid Skarpa. Kinokartinada Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kelishi va uning rafiqasi Jozefina bilan munosabatlari haqida hikoya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring