Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qirol ovi»: Xuan Karlos qayerda? Jurnalistlar baribir topishdi 

«Qirol ovi»: Xuan Karlos qayerda? Jurnalistlar baribir topishdi 

Foto: «LIGA.net»

Ispaniya sobiq qiroli Xuan Karlos I (2014-yilda o‘g‘lining foydasiga taxtdan voz kechgan) mamlakatdan chiqib ketgani haqida xabar bergandik.

Eng qizig‘i, yo‘lga xufiyona otlangan Xuan Karlosning borar yeri haqida hech bir OAV bildirgan taxmin o‘zini oqlamadi. Qaysi biri Santo-Domingo desa, yana biri qo‘shni Portugaliya tomonni ko‘rsatgandi.

Ammo «qirol ovi»da ABS hammadan chaqqon chiqdi, gazetaning aniqlashicha, Xuan Karlos shaxsiy samolyotda Birlashgan arab amirliklari poytaxti Abu-Dabiga uchib kelgan. 81 yoshli sobiq monarx dunyodagi eng qimmat mehmonxonalardan bo‘lmish «Emirates Palace»ning prezidentlar lyuksida qo‘nim topgan.

«Emirates Palace», Abu-Dabi. Foto: «Emirates Holidays»

Darvoqea, o‘z vatanida ustidan korrupsion ish ochilgan sobiq qirol saudiyaliklardan pora olganlikda ayblanyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring