Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putinga yangi raqib?! Kreml uni jiddiy qabul qilmadi

Putinga yangi raqib?! Kreml uni jiddiy qabul qilmadi

Kreml deputat Boris Nadejdinni bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinga munosib raqib deb hisoblamaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «RBK».

«Biz uni raqib deb hisoblamaymiz», — dedi Peskov Kreml Nadejdinni Putinga jiddiy raqib va tahdid sifatida ko‘radimi, degan savolga javob berarkan.

Matbuot kotibi, shuningdek, Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasi saylovda ro‘yxatga olishdan bosh tortadigan nomzod ekanligi haqidagi mish-mishlarga izoh bera olmasligini aytdi. Peskovning ta’kidlashicha, har qanday Rossiya fuqarosi ma’lum mezonlarga javob bersa, prezidentlikka nomzodini qo‘yish huquqiga ega.

«Bu yerda kimdir bilan kelishishning mutlaqo hojati yo‘q. Muayyan harakatlar algoritmi bor, unga amal qilish kerak», — deydi u.

Nadejdinning nomzodi «Fuqarolik tashabbusi» partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring