Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Rossiya aviakompaniyalariga Gruziyaga parvoz qilishni taqiqlab qo‘ydi

Putin Rossiya aviakompaniyalariga Gruziyaga parvoz qilishni taqiqlab qo‘ydi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat aviakompaniyalariga 8 iyuldan boshlab Rossiyadan Gruziyaga parvoz qilishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, Rossiya hukumatiga Gruziya hududida vaqtincha bo‘lib turgan rossiyaliklarni mamlakatga qaytarish buyurildi.

Bundan tashqari, turoperatorlarga Rossiyadan Gruziyaga yo‘llanmalarni sotmaslik tavsiya qilingan.

Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu farmon Tbilisida ro‘y berayotgan hodisalar fonida rossiyaliklarning xavfsizligini ta’minlash uchun majburiy chora ekanligini ta’kidlamoqda. Kremlning izohiga ko‘ra, mazkur taqiqning 8 iyuldan kuchga kirishi Gruziyaga amalga oshirilgan sayohatlarning shu sanaga qadar yakunlanishi bilan bog‘liq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring