Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda amaldorlarga prezident tug‘ilgan kunida sovg‘a berish taqiqlandi

Qirg‘izistonda amaldorlarga prezident tug‘ilgan kunida sovg‘a berish taqiqlandi

Foto: RBK

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mulozimlariga tavallud kunida sovg‘a berishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat hukumati raisi o‘rinbosari Edil Baysalov ma’lum qildi.

«Prezidentimiz barchamizni sovg‘a-salom va maqtovlardan qaytardi. Mutlaqo kamtar odam. Uch yildan buyon Japarov xalqimiz uni prezident etib saylashda adashmaganini isbotlab keladi. Uning mamlakatimizdagi vaziyatni har tomonlama butunlay o‘zgartira olgani — o‘zgarishlarning tarixiy ko‘lamidir. Prezidentga shunday ruhda davom etishni tilayman» – degan hukumat mulozimi.

Baysalovning ta’kidlashicha, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar dastlab og‘riqli bo‘lgan. Shu sabab ko‘pchilik qirg‘izistonliklar o‘z munosabatini o‘zgartirishi, boshqacha ishlashga, iqtisodiyotni tiklashga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, 6 dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 55 yoshga to‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring