Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochtachi mushukchani qutqarib, boyib ketdi

Pochtachi mushukchani qutqarib, boyib ketdi

Foto: Facebook/Joe Waldherr

AQShda  vashingtonlik pochta xodimi Jozef Valdxerr lotereya o‘ynab 717  500 dollar yutdi, deb xabar bermoqda focus. ua nashri.

Pochtachi omadni mushukchaning muvaffaqiyatli qutqarilishi bilan izohladi. Bu haqda New York Post yozmoqda.

Kurer ish paytida – pochta tarqatayotganda mushukchaning faryodini eshitadi.  Ammo u kichkina jonzotni topa olmaydi, lekin ertasi kuni qaytib kelganida yana mushukning miyovlaganini eshitdi. Erkak tor joyga qamalgan momiq mushukchani topdi va qutqardi. Xaloskor mushukchani kechgacha cho‘ntagida olib yurdi, uxlashga sharoit yaratib berdi.

Mushukchani qutqargan pochtachi o‘zida qandaydir yengillik, faxr tuyg‘usini his qildi. Va uyga qaytayotganda do‘kondan «HIT 5» lotereya chiptasini sotib olishga qaror qildi.

«Bugun mening omadli kunim. Bu mushukcha omad keltiradi. Balki lotereya chiptasini sotib olsam kerak», deb eslaydi o‘sha kunni pochtachi.

Bir necha kundan so‘ng Valdxerr rafiqasi bilan o‘yin natijalarini tekshirib ko‘rdi va u 717 500 dollar yutganini bildi.

Erkak omadining asosiy sababi mushukcha qutqarilishida deb biladi. Mushukchaga shaftoli deb nom berishdi va  olib qolishga qaror qilishdi.

 U yutuqning bir qismini o‘zida qoldirish, qolganini ota-onasining nafaqaga chiqishiga yordam berish va xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirmoqda.

«Xotinim va menda hamma narsa bor. Biz faqat boshqalarga yordam berishni xohlaymiz», – deydi amerikalik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring