Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Okean suvlarida 2,3 million tonna plastik chiqindilar borligi aniqlandi

Okean suvlarida 2,3 million tonna plastik chiqindilar borligi aniqlandi

Plos One jurnalida chop etilgan tadqiqotda 1979 yildan 2019 yilgacha okeanlarning plastik ifloslanish tendensiyalarini tahlil qilindi.

Atlantika, Tinch okeani va Hind okeanlari hamda O‘rta yer dengizidagi 12 ming nuqtadan suv namunalari olingan. 

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, okean suvlarida taxminan 171 trillion plastik zarralar suzadi, ularning og‘irligi 2,3 million tonnaga yaqin.

Aniqlanishicha, 2005 yildan beri plastik ifloslanishning tez va misli ko‘rilmagan o‘sishi kuzatilmoqda. Bu tendensiya bugungi kunda ham davom etmoqda. 2040 yilga kelib okeanlardagi plastik moddalar hajmi 2,6 baravar oshishi mumkin.

Olimlarning fikricha, so‘nggi yillarda plastmassalar, jumladan, bir marta ishlatiladigan buyumlar ishlab chiqarish keskin oshdi. Shu bilan birga, umumiy miqdorning atigi 9 foizi qayta ishlanadi.

Plastik chiqindilarning katta qismi okeanlarga tushadi. U yerda chiqindilar parchalanmaydi, balki ko‘plab mayda zarrachalarga – mikroplastmassalarga bo‘linadi. Dengiz hayvonlari uni oziq-ovqat sifatida ishlatadi, bu ularning salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring